O`zbekiston Oliy Ligasida 7-tur uchrashuvlari davom etmoqda.
Turning navbatdagi uchrashuvida Qarshining «Nasaf» jamoasi Zarafshonning «Qizilqum» klubi ustidan 2:0 hisobida g`alaba qozondi. Ro`ziqul Berdiev shogirdlariga g`alaba keltirgan gollar Ivan Boshkovich hamda Artur Gevorkyan hisobiga yozildi.
Ushbu g`alabadan so`ng «Nasaf» 14 ochko bilan musobaqa peshqadamiga aylanib oldi.
Turning so`nggi uchrashuvi 8 may kuni «Buxoro» va «Bunyodkor» jamoalari o`rtasida bo`lib o`tadi.
Oliy Liga, 7-tur uchrashuvi
7 may, dushanba
«NASAF» (Qarshi) – «QIZILQUM» (Zarafshon) 2:0 (1:0)
Gollar: Ivan Boshkovich (17), Artur Gevorkyan (59).