Qoldirilgan va O`zbekiston Kubogi 1/8 final dastlabki uchrashuvlari sanasi

07.05.2012

Qoldirilgan va O`zbekiston Kubogi 1/8 final dastlabki uchrashuvlari sanasi
O`zbekiston Oliy Ligasi va Birinchiligining qoldirilgan uchrashuvlari sanasi, shuningdek, O`zbekiston Kubogi 1/8 final dastlabki uchrashuvlari muddatlari tasdiqlandi.
 
Oliy Liga 3-turidan o`rin olgan «Nasaf» – «Neftchi» uchrashuvi 5 iyun kuni o`tkazilsa, 5-turning «Neftchi» – «Paxtakor» o`yini 11 iyunga belgilangan. O`zbekiston Birinchiligi 1-turidan o`rin olgan «Atlaschi» – «Bunyodkor-2» o`yini 25 may kuni o`tkaziladi.
 
Bundan tashqari, chempionat taqvimida ikkita o`zgarish yuz berdi. 8-turdan o`rin olgan «Lokomotiv» – «Andijon» uchrashuvi 12 maydan 11 mayga ko`chirilgani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, 9-turdan o`rin olgan «Olmaliq» – «Metallurg» uchrashuvi, Metallurglar kunining bayram qilinishi munosabati bilan, 19 maydan 20 mayga ko`chirildi.
 
O`zbekiston Kubogi 1/8 finalidan o`rin olgan beshta uchrashuvning muddati aniq. Qolgan uchta o`yin muddatiga keyinroq aniqlik kiritiladi.
 
Oliy Liga, qoldirilgan uchrashuvlari taqvimi
3-tur uchrashuvi
5 iyun, seshanba
«NASAF» (Qarshi) – «NEFTChI» (Farg`ona)
 
5-tur uchrashuvi
11 iyun, dushanba
«NEFTChI» (Farg`ona) – «PAXTAKOR» (Toshkent)
 
O`zbekiston Birinchiligi
1-tur uchrashuvi
25 may, juma
«ATLASChI» (Marg`ilon) – «BUNYoDKOR-2» (Toshkent)
 
Oliy Liga
Sanasi o`zgartirilgan o`yinlar taqvimi
8-tur uchrashuvi
11 may, juma
«LOKOMOTIV» (Toshkent) – «ANDIJON» (Andijon)
 
9-tur uchrashuvi
20 may, yakshanba
«OLMALIQ» (Olmaliq) – «METALLURG» (Bekobod)
 
O`zbekiston Kubogi, 1/8 final, dastlabki uchrashuvlari
24 may, payshanba
«NASAF» (Qarshi) – «GULISTON» (Guliston)
«ANDIJON» (Andijon) – «OLMALIQ» (Olmaliq)
 
25 may, juma
«METALLURG» (Bekobod) – «SO`G`DIYoNA» (Jizzax)
«DINAMO» (Samarqand) – «BUXORO» (Buxoro)
«MASh`AL» (Muborak) – «QIZILQUM» (Zarafshon)
 
«Lokomotiv» – «Neftchi», «Bunyodkor» – «Sho`rtan» va «Navbahor» – «Paxtakor» o`yinlari sanasi keyinroq ma`lum bo`ladi.
cola
apex
mib
mib
mib
mib