Yoshlar Birinchiligida 7-tur uchrashuvlari davom etmoqda.
Zarafshonning «Qizilqum» jamoasi yoshlari musobaqada peshqadamlikni davom etitirshmoqda. Jamoa bu safar, mehmonda to`p surishiga qaramay, Qarshining «Nasaf» jamoasini 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.
Turning so`nggi uchrashuvi 8 may kuni «Buxoro» va «Bunyodkor» yoshlari o`rtasida bo`lib o`tadi.
Yoshlar Birinchiligi, 7-tur uchrashuvlari
5 may, shanba
«OLMALIQ» (Olmaliq) – «NAVBAHOR» (Namangan) – 2:0. 113 tomoshabin.
Hakamlar: A. Ergashev (Toshkent), I. Zaitov, R. Mahmudov, A. Mo`minov.
Nazoratchi: V. Shtern (Toshkent).
Gollar: A. Jo`raev (25), Sh. Mirzaev (45+1).
Ogohlantirishlar: F. Nurliboev (47), Sh. Mullajonov (79) – K. Muhammadjonov (22), B. To`raboev (55), B. To`raboev (76).
Chetlatish: B. To`raboev (ikkinchi ogohlantirish, 76).
«PAXTAKOR» (Toshkent) – «ANDIJON» (Andijon) – 1:0. 57 tomoshabin.
Hakamlar: I. Gormashov (Toshkent), O. Abduvasilov, A. Po`latov, A. Rubakov.
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
Gol: A. Kletskov (11).
Ogohlantirishlar: A. Alimov (29), D. Saidov (84) – A. To`xtasinov (41), Sh. Mahmudov (67).
6 may, yakshanba
«NASAF» (Qarshi) – «QIZILQUM» (Zarafshon) – 0:1. 79 tomoshabin.
Hakamlar: A. Choriev (Termiz), F. Usmonov, F. Norsafarov, I. Botirov.
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
Gol: B. Qosimov (9).
Ogohlantirishlar: M. Mo`minov (58), O. Hamrobekov (90) – A. Usmonov (75), S. Xolmatov (78).