«Buxoro-2» – «Orol» uchrashuvi bosh hakami o`zgardi

07.05.2012

«Buxoro-2» – «Orol» uchrashuvi bosh hakami o`zgardi

 

Birinchi Liga 10-tur uchrashuvlarini boshqarib boruvchi hakamlar ro`yxatida o`zgarish yuz berdi.
 
Oliy Liga 8-turidan o`rin olgan «Lokomotiv» – «Andijon» uchrashuvi sanasiga o`zgartirish kiritilishi munosabati bilan O`zbekiston Birinchiligi «G`arb» mintaqasi 10-turidan o`rin olgan «Buxoro-2» – «Orol» uchrashuvini boshqaruvchi hakamlar ro`yxatida o`zgarish yuz berdi.
 
Dastlabki rejaga ko`ra, «Lokomotiv» va «Andijon» jamoalari o`rtasidagi uchrashuv 12 may, shanba kuni o`tkazilishi kerak edi, biroq «Lokomotiv»ning iltimosiga ko`ra o`yin 11 may, juma kuniga ko`chirildi. Ushbu uchrashuvni navoiylik Rustam Bobomurodov boshqarishi belgilangan.
 
Rustam Bobomurodov bungacha, 10 may, payshanba kuni «Buxoro-2» – «Orol» uchrashuvida ham bosh hakamlik qilishi kerak edi. Yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olib, ushbu uchrashuv bosh hakami o`zgartirildi. «Buxoro-2» – «Orol» uchrashuvini toshkentlik Ahmadjon Ergashev boshqarib boradi.
 
Eslatib o`tamiz, Oliy Liga 8-tur uchrashuvlari 10-13 may kunlari o`tkazilsa, Birinchi Liga 10-tur uchrashuvlari 10 may kuni bo`lib o`tadi.
cola
apex
mib
mib
mib
mib