«Lokomotiv» - «Andijon» uchrashuvi sanasiga o`zgartirish kiritildi.
Oliy Liga 8-turidan o`rin olgan va taqvim bo`yicha 12 may, shanba kuni o`tkazilishi kerak bo`lgan «Lokomotiv» – «Andijon» uchrashuvi, maydon egalarining iltimosiga ko`ra, 11 may, juma kuniga ko`chirildi.
«Lokomotiv» va «Andijon» jamoalari o`rtasidagi uchrashuv toshkentlik «temiryo`lchilar»ning yangi qurib bitkazilgan stadionida o`tkaziladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.
8-turning qolgan uchrashuvlari o`z vaqtida o`tkaziladi.
Oliy Liga, 8-tur uchrashuvlari
10 may, payshanba
50. «MASh`AL» (Muborak) – «PAXTAKOR» (Toshkent)
11 may, juma
51. «ShO`RTAN» (G`uzor) – «NASAF» (Qarshi)
52. «BUNYoDKOR» (Toshkent) – «OLMALIQ» (Olmaliq)
53. «LOKOMOTIV» (Toshkent) – «ANDIJON» (Andijon)
12 may, shanba
54. «NAVBAHOR» (Namangan) – «DINAMO» (Samarqand)
13 may, yakshanba
55. «METALLURG» (Bekobod) – «BUXORO» (Buxoro)
56. «QIZILQUM» (Zarafshon) – «NEFTChI» (Farg`ona)