O`zbekiston Oliy ligasining 6 may sanasiga tayin qilingan yana 2ta uchrashuvida maydon egalari bir hil hisobda zafar quchishdi.
Toshkentdagi «Jar» stadionida so`nggi o`rinni egallab turgan «Andijon»ni qabul qilgan Deyan Jurjevich shogirdlari Egor Krimetsning yagona goli evaziga ustun kelishdi. Igor Shkvirin boshqaruvidagi «Olmaliq» esa Aleksandr Vostrikov tomonidan kiritilgan gol bilan Namangan klubini mag`lub etdi.
Mazkur g`alaba «paxtakorchilar»ni 6 may kungi holatga ko`ra Oliy liga turnir jadvalida 1-o`ringa olib chiqdi.
OLMALIQ – NAVBAHOR 1:0 (1:0)
Gol: A.Vostrikov (10)
Hakamlar: V.Kovalenko (Toshkent), R.Ilyosov (Toshkent), M.Saidqosimov (Toshkent), A.Ergashev (Toshkent).
Nazoratchi: V.Shtern (Toshkent).
PAXTAKOR – ANDIJON 1:0 (1:0)
Gol: E.Krimets 25.
Hakamlar: I.Tantashev (Buxoro), M.Sharipov (Buxoro), A.Qo`ldoshev (Buxoro), I.Gormashev (Toshkent).
Nazoratchi: A.Popov (Toshkent).