«Dinamo» 3-o`ringa ko`tarilib oldi

05.05.2012

«Dinamo» 3-o`ringa ko`tarilib oldi
O`zbekiston Oliy Ligasidagi 7-tur uchrashuvlari davom etmoqda.
 
5 may kuni Oliy Liga 7-tur uchrashuvlari doirasida ikkita o`yin bo`lib o`tdi. O`z maydonida G`uzorning «Sho`rtan» klubini qabul qilgan Samarqandning «Dinamo» klubi 1:0 hisobida g`alaba qozongan bo`lsa, Bekobodda «Metallurg» mehmoni bo`lgan «Lokomotiv» Dilshod Rahmatullaevning yagona goli evaziga uyga g`alaba bilan qaytadigan bo`ldi.
 
Turning qolgan uchrashuvlari 6-8 may kunlari bo`lib o`tadi.
 
Oliy Liga, 7-tur uchrashuvlari
5 may, shanba
«Dinamo» (Samarqand) – «Sho`rtan» (G`uzor) 1:0 (0:0)
Gol: Dilyaver Abibullaev (46).
 
«Metallurg» (Bekobod) – «Lokomotiv» (Toshkent) 0:1 (0:0)
Gol:
Dilshod Rahmatullaev (59, penalti).
cola
apex
mib
mib
mib
mib