Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

05.05.2012

Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

 

 

 

Tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yilig`ishida O`zbekiston Oliy Ligasi hamda O`zbekiston Birinchiligi birinchi bosqichi o`yinlaridagi qoidabuzarliklar yuzasidan qarorlar chiqarildi.
 
Oliy Liga
«Buxoro»ga qarshi 5-tur uchrashuvida raqibi qorniga qo`li bilan urgani uchun maydondan chetlatilgan «Sho`rtan» himoyachisi Hamza Karimov 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
 
«Lokomotiv»ga qarshi 6-tur uchrashuvida raqibi oyog`iga qasddan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Paxtakor» himoyachisi Kaxi Maxaradze 1ta uchrashuvga chetlatildi va jarimaga tortildi.
 
Birinchi Liga
«Yoshlik»ga qarshi 5-tur uchrashuvida, o`yin to`xtatilgan vaqtda raqibiga qo`li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Xorazm» himoyachisi Temur Turdiev 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
 
«Bunyodkor-2»ga qarshi 6-tur uchrashuvida raqibiga jarohat etkazish maqsadida juda katta kuch bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Paxtakor-2-Chilonzor» yarimhimoyachisi Abbosbek Maxstaliev 4ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
 
«G`allakor-Avtomobilchi»ga qarshi 6-tur uchrashuvida qoidalarni qo`pol ravishda buzgani uchun maydondan chetlatilgan «Surxon-2011» hujumchisi Nizomjon Norov 4ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
 
«So`g`diyona»ga qarshi 6-tur uchrashuvida hakam sha`niga noma`qul so`zlarni aytgani uchun maydondan chetlatilgan «Nasaf-2» yarimhimoyachisi Ilyos Pardaev 4ta o`yinga chetlatildi.
 
«Neftchi»ga qarshi 6-tur uchrashuvida raqibi oyog`iga qasddan zarba bergani uchun chetlatilgan «Chust-Paxtakor» yarimhimoyachisi Elmurod Sotivoldiev 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
 
«Guliston»ga qarshi 6-tur uchrashuvida hakamni haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan «Oqtepa» murabbiyi Vohid Xolboev 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va ogohlantirildi. Bu kabi holatlar takrorlanadigan bo`lsa, yana-da qattiqroq choralar ko`riladi.
cola
apex
mib
mib
mib
mib