Yoshlar Birinchiligi: «Lokomotiv»ning mavsumdagi ilk mag`lubiyati

05.05.2012

Yoshlar Birinchiligi: «Lokomotiv»ning mavsumdagi ilk mag`lubiyati

 

Yoshlar Birinchiligi 7-tur uchrashuvlari davom etmoqda.
 
4 may kuni tur doirasida ikkita uchrashuv bo`lib o`tdi. Bekobodning «Metallurg» klubi yoshlari o`z maydonida Toshkentning «Lokomotiv»ini qabul qilgan bo`lsa, Samarqand «dinamochilari» G`uzorning «Sho`rtan» klubini mehmon qilishdi. Har ikkala o`yin ham mezbonlar g`alabasi bilan yakuniga etdi.
 
Bekoboddagi mag`lubiyat «Lokomotiv» yoshlari uchun mavsumdagi dastlabkisi hisoblanadi. 2 o`yinda g`alaba qozonib, 4ta o`yinda durang o`ynashgan edi. Mavsum davomida hali biror marta ham g`alaba qozonmagan «Sho`rtan» esa hali ham so`nggi o`rinni egallab turibdi.
 
Turning dastlabki uchrashuvi 3 may kuni bo`lib o`tgandi. Qolgan uchrashuvlar 5-7 may kunlari o`tkaziladi.
 
Yoshlar Birinchiligi, 7-tur uchrashuvlari
4 may, juma
«METALLURG» (Bekobod) – «LOKOMOTIV» (Toshkent) 2:1 (0:0)
Hakamlar: Sh. Po`latov (Toshkent), I. Zoitov, R. Mahmudov, M. Muhamedov.
Nazoratchi: G`. Karimov (Toshkent).
Gollar: A. Ziyovutdinov (70), G. Halimtaev (81) – N. Guryanov (67).
Ogohlantirishlar: K. Abramov (10), S. Usmonxo`jaev (17), I. Aliboev (58), S. Mahmudov (87), B. Yuldashev (90+2), S. Ahmadkarimov (barchasi - «Lokomotiv», o`yindan so`ng).
425 tomoshabin.
 
«DINAMO» (Samarqand) – «ShO`RTAN» (G`uzor) 1:0 (0:0)
Hakamlar: N. Boltaev (Navoiy), Sh. Qamarov, S. Hakimov, D. Qudratov.
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
Gol: U. Nabiev (90).
Ogohlantirishlar: O. Taylaqov (18), I. Xolmirzaev (32), A. Bozorov (35) – X. Murtazoev (45).
453 tomoshabin.
cola
apex
mib
mib
mib
mib