Iqbol Akramov gol urgan o`yinda «Neftchi» g`alaba qozonmoqda

04.05.2012

Iqbol Akramov gol urgan o`yinda «Neftchi» g`alaba qozonmoqda
O`zbekiston Oliy Ligasida 7-tur bahslari start oldi. Turni «Neftchi» hamda «Mash`al» o`rtasidagi uchrashuv ochib berdi.
 
Liganing eng kam o`yin o`tkazgan jamoalaridan biri bo`lib turgan Farg`onaning «Neftchi» jamoasi 7-tur doirasida o`z maydonida Muborakning «Mash`al» jamoasini qabul qildi hamda 3:0 hisobida g`alaba qozondi. Uchrashuv debyutida Iqbol Akramov hisobni ochgan bo`lsa, ikkinchi bo`limda farg`onaliklar to`purari Anvar Berdiev dublga erishdi.
 
Ma`lumot o`rnida, «Neftchi»ga hozirgacha 8 ochko keltirgan beshta golning barchasi aynan Iqbol Akramov hamda Anvar Berdiev hisobiga yozilgan. Iqbol Akramovning 2-turda «Dinamo» darvozasiga urgan yagona goli «Neftchi»ga dastlabki uch ochkoni keltirgan bo`lsa, 4-turda «Lokomotiv»ga qarshi uchrashuvda zaxiradan maydonga tushgan Anvar Berdiev penaltidan gol urib, jamoasini mag`lubiyatdan qutqarib qolgan edi.
 
Turning qolgan uchrashuvlari 5-8 may kunlari bo`lib o`tadi.
 
Oliy Liga, 7-tur uchrashuvi
 
4 may, juma
«NEFTChI» (Farg`ona) – «MASh`AL» (Muborak) 3:0 (1:0)
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), H. Mirzaahmedov (Toshkent viloyati), A. Tsapenko (Toshkent viloyati), A. Asimov (Toshkent).
Nazoratchi: R. Mo`minov (Toshkent).
Gollar: I. Akramov (3), A. Berdiev (66, 77).
Ogohlantirishlar: D. Ermatov (32), Sh. Nasibullaev (35) – D. Vaniev (37), E. Ergashev (40), E. Ergashev (45+1).
Chetlatish: E. Ergashev (ikkinchi ogohlantirish, 45+1).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Berdiev – D. Vaniev.
13689 tomoshabin.
cola
apex
mib
mib
mib
mib