Oliy Liga 7-tur uchrashuvlarining boshlanish vaqti ma`lum bo`ldi.
Oliy Liga 7-tur uchrashuvlari 4-8 may kunlari bo`lib o`tadi. Turni juma kuni «Neftchi» hamda «Mash`al» jamoalari o`rtasidagi bahs boshlab beradi. Farg`onada bo`ladigan o`yin 17:00da boshlanadi.
5 may kuni «Metallurg» o`z maydonida «Lokomotiv»ni, «Dinamo» esa «Sho`rtan»ni qabul qiladi. Samarqanddagi o`yin 17:00da boshlansa, Bekoboddagi bahs 17:30da start olishi rejalashtirilgan.
6 may kuni turning ikki uchrashuvi bo`lib o`tadi. Unda vodiy jamoalari Toshkent shahri va viloyatida mehmon bo`lishadi. «Olmaliq» – «Navbahor» uchrashuvi 17:30da boshlansa, «Paxtakor» – «Andijon» bahsi 18:00ga rejalashtirilgan.
7 may kuni bo`ladigan «Nasaf» – «Qizilqum» uchrashuvi turning eng kech boshlanadigan bahsiga aylanadi. «Nasaf»ning iltimosiga ko`ra, bir kun keyingi ko`chirilgan bahs «Qarshi» markaziy stadionida bo`ladi va 19:00da boshlanishi rejalashtirilgan.
Turni «Buxoro» hamda «Bunyodkor» jamoalari o`rtasidagi bahs yakunlab beradi. O`yin 18:00da boshlanadi.
Oliy Liga, 7-tur uchrashuvlari
4 may, juma
43. «Neftchi» – «Mash`al», boshlanish vaqti – 17:00
5 may, shanba
44. «Metallurg» – «Lokomotiv», 17:30
45. «Dinamo» – «Sho`rtan», 17:00
6 may, yakshanba
46. «Olmaliq» – «Navbahor», 17:30
48. «Paxtakor» – «Andijon», 18:00
7 may, dushanba
47. «Nasaf» – «Qizilqum», 19:00
8 may, seshanba
49. «Buxoro» – «Bunyodkor», 18:00
Yoshlar Birinchiligi, 7-tur uchrashuvlari
3 may, payshanba
43. «Neftchi» – «Mash`al», boshlanish vaqti – 16:30
4 may, juma
44. «Metallurg» – «Lokomotiv», 17:00
45. «Dinamo» – «Sho`rtan», 17:00
5 may, shanba
46. «Olmaliq» – «Navbahor», 16:00
48. «Paxtakor» – «Andijon», 17:00
6 may, yakshanba
47. «Nasaf» – «Qizilqum», 17:00
7 may, dushaba
49. «Buxoro» – «Bunyodkor», 17:00