Yoshlar Birinchiligi: «Mash`al» g`alabani ushlab qola olmadi

04.05.2012

Yoshlar Birinchiligi: «Mash`al» g`alabani ushlab qola olmadi

Yoshlar Birinchiligida 7-tur uchrashuvlari start oldi.

«Neftchi» hamda «Mash`al» jamoalari o`rtasidagi o`yinda 2:2 hisobidagi durang natija qayd etildi. «O`yinda vakillarimiz 2:0 hisobida oldinda borishayotgandi. Keyin esa o`z darvozamizdan 2ta to`p o`tkazib yubordik va buning natijasida bahs durang bilan yakun topdi», - deb yozadi o`yin haqida «Mash`al» rasmiy sayti.

Uchrashuvning birinchi bo`limida muborakliklardan Shohjahon Abbosov va G`ulomhaydar G`ulomov tomonidan kiritilgan gollar evaziga «Mash`al» oldinga chiqib olgan bo`lsa-da, ikkinchi bo`limda «Neftchi» hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo`ldi. 64-daqiqada himoyachi Faxriddin Xolmurodov hisobni qisqartirgan bo`lsa, 88-daqiqada yarimhimoyachi Izzatbek G`aniev penaltidan hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo`ldi.

Turning qolgan uchrashuvlari 4-7 may kunlari bo`lib o`tadi.

Yoshlar Birinchiligi, 7-tur uchrashuvi
3 may, payshanba
«NEFTChI» (Farg`ona) – «MASh`AL» (Muborak) 2:2 (0:2)
Hakamlar:
A. Asimov (Toshkent), D. Hakimov, S. Rahmonov, Sh. Matisaev.
Nazoratchi: R. Mo`minov (Toshkent).
Gollar: F. Xolmurodov (64), I. G`aniev (88, penalti) – Sh. Abbosov (20), G`. G`ulomov (39).
Ogohlantirishlar: D. Saidov (16), I. G`aniev (40), N. Xaipov (50), O. Zokirov (52) – X. Suyunov (21), Sh. Qilichev (60), Sh. Kattaev (84).

cola
apex
mib
mib
mib
mib