Birinchi marta: «Andijon»da g`alaba, «Neftchi»da mag`lubiyat

29.04.2012

Birinchi marta: «Andijon»da g`alaba, «Neftchi»da mag`lubiyat
Oliy Ligada 6-tur bahslari yakuniga etdi. Turning so`nggi uchrashuvi Andijon shahrida, «Andijon» va «Neftchi» jamoalari o`rtasida bo`lib o`tdi.
 
Bungacha turning olti uchrashuvi o`tkazilib, undan beshtasida durang natija qayd etilgan edi. «Andijon» va «Neftchi» jamoalari o`rtasidagi vodiy derbisida ham durang natija qayd etilishiga yaqin edi. Biroq andijonliklarning tojikistonlik legioner futbolchisi – Farhod Tohirov tomonidan o`yin yakunlanishi arafasida kiritilgan gol mezbonlarga mavsumdagi ilk g`alabani keltirdi.
 
Ushbu g`alabadan so`ng «Andijon» hisobidagi ochkolar soni 4taga etdi, biroq jamoa hali ham eng so`nggi – 14-o`rinni egallab turibdi. Mavsumdagi ilk mag`lubiyatini tan olishga majbur bo`lgan «Neftchi» hisobidagi ochkolar soni hozircha 5ta va jamoa 12-pog`onadan joy olgan. Farg`ona klubi ayni vaqtda chempionatda eng kam o`yin o`tkazgan jamoa bo`lib turibdi – 4ta.
 
Oliy Liga, 6-tur uchrashuvi
29 aprel, yakshanba
«ANDIJON» (Andijon) - «NEFTChI» (Farg`ona) 1:0 (0:0)
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent).
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
Gol: F. Tohirov (87).
Ogohlantirishlar: I. Otaxonov (17), I. Ibrohimov (89) – M. Saidov (12), B. Yoqubov (80), Sh. Nasibullaev (82).
Eng yaxshi o`yinchilar: B. Abdurahimov – I. Akramov.
7341 tomoshabin.
cola
apex
mib
mib
mib
mib