O`zbekiston Oliy Ligasi 6-turidagi navbatdagi uchrashuv yakuniga etdi. Oliy Ligada durang o`ynamagan birorta ham jamoa qolmadi.
28 aprel kuni «Navbahor» – «Buxoro», «Qizilqum» – «Dinamo» va «Sho`rtan» – «Olmaliq» uchrashuvlari bo`lib o`tdi. Barcha uchrashuvlarda 1:1 hisobi qayd etildi. E`tiborli tomoni, barcha uchrashuvlarda gollar ikkinchi bo`limda darvozalardan o`rin oldi. «Sho`rtan» asosiy vaqt yakunlanishi arafasida mag`lubiyatdan qutulib qolgan bo`lsa, «Buxoro» hakam tomonidan qo`shib berilgan daqiqalarda bir ochkolik golni urishga muvaffaq bo`ldi.
Ta`kidlash joiz, bu durang natijalar G`uzorning «Sho`rtan» hamda Samarqandning «Dinamo» jamoalari uchun mavsumdagi dastlabkisi bo`ldi.
Bungacha turning uchta uchrashuvi bo`lib o`tgan va uning ikkitasida ham durang natija qayd etilgandi. Jumladan, 26 aprel kuni bo`lib o`tgan «Mash`al» – «Nasaf» uchrashuvida hisob ochilmagan bo`lsa, 27 aprel kuni o`tkazilgan «Toshkent derbisi» – «Lokomotiv» – «Paxtakor» bahsida ham 1:1 hisobi qayd etilgandi.
Turning so`nggi uchrashuvi 29 aprel kuni o`tkaziladi. Shu kuni «Andijon» o`z maydonida Farg`onaning «Neftchi» klubini qabul qiladi.
Oliy Liga, 6-tur natijalari
28 aprel, shanba
«QIZILQUM» (Zarafshon) – «DINAMO» (Samarqand) 1:1 (0:0)
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), R. Shoyahmetov (Toshkent), O. Dachev (Toshkent), T. Galleev (Urganch).
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
Gollar: G. O`runov (80) – L. Koshelev (76).
Ogohlantirishlar: T. Vasilev (25), S. Shixov (58), A. Samatov (63) – A. Risqullaev (21), S. Mustafoev (90), D. Otaqulov (90+5).
Eng yaxshi o`yinchilar: G. O`runov – I. Nagaev.
3901 tomoshabin.
«ShO`RTAN» (G`uzor) – «OLMALIQ» (Olmaliq) 1:1 (0:0)
Hakamlar: B. Tog`aev (Toshkent), X. Shodmonov (Buxoro), B. Qodirov (Buxoro), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
Gollar: P. Agbo (90) – A. Isroilov (78).
Ogohlantirishlar: P. Agbo (15), V. Ponamaryov (37), A. Aliqulov (55) – O. Zoteev (33), E. Gogol (70), A. Isroilov (79).
Eng yaxshi o`yinchilar: I. Taran – A. Vostrikov.
6734 tomoshabin.
«NAVBAHOR» (Namangan) – «BUXORO» (Buxoro) 1:1 (0:0)
Hakamlar: X. Ro`ziev (Toshkent), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), A. Rahimov (Andijon).
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Gollar: A. Mahmudov (49, penalti) – G. Kvesieshvili (90+2).
Ogohlantirishlar: A. Mahmudov (56), D. Romanenko (73) – V. Shodiev (31).
Eng yaxshi o`yinchilar: D. Romanenko – A. Rustamov.
6073 tomoshabin.