6-turdagi «Toshkent derbisi»da ham durang

27.04.2012

6-turdagi «Toshkent derbisi»da ham durang
Oliy Liga 6-tur uchrashuvlari davom etmoqda.
 
O`tgan turda mamlakat chempioni – «Bunyodkor» bilan 1:1 hisobida durang o`ynagan «Lokomotiv» bu safar o`z maydonida O`zbekiston Kubogining amaldagi sohibi «Paxtakor» bilan durang o`ynadi. TTYMI stadionida bo`lib o`tgan bahs 1:1 hisobi bilan yakuniga etdi.
 
Uchrashuvda hisob 52-daqiqada, penaltidan, «Paxtakor» yarimhimoyachisi Stanislav Andreev tomonidan ochildi. O`yin yakunlanishiga 9 daqiqa qolganida esa «Lokomotiv» yarimhimoyachisi Dilshod Jabborov jarima zarbasidan so`ng «Paxtakor» darvozasini ishg`ol qildi. Qayd etish joiz, bungacha «Paxtakor» darvozasiga Oliy Liga bahslarida hali hech kim gol urmagan edi.
 
Uchrashuv davomida har ikkala jamoadan bittadan futbolchi maydondan chetlatildi. 75-daqiqada o`z vaqtida «Lokomotiv» safida to`p surgan «Paxtakor»ning gruziyalik legioneri – Irakli Klimiashvili maydondan chetlatilgan bo`lsa, 90+4-daqiqada ikkinchi sariq kartochkasini ishlab olgan Islom To`xtaxo`jaev bahsni jamoadoshlaridan avval yakunlashga majbur bo`ldi.
 
Ushbu natijadan so`ng «Paxtakor»ning ochkolari soni 9taga etgan bo`lsa, «Lokomotiv» oltinchi o`yindan so`ng 6-ochkosini qo`lga kiritdi. «Paxtakor» musobaqa peshqadami «Nasaf»dan ikki ochko kam jamg`argani holda 4-o`rinda bormoqda, «Lokomotiv» esa 8-o`rinni band etgan.
 
Turning navbatdagi uchrashuvlari 28-29 aprel kunlari bo`lib o`tadi.
 
Ma`lumot uchun:
 
Oliy Liga, 6-tur uchrashuvi
27 aprel, juma
«LOKOMOTIV» (Toshkent) – «PAXTAKOR» (Toshkent)1:1 (0:0)
Hakamlar: M. Ismoilov (Toshkent), F. Hasanov (Namangan), N. Toshmatov (Farg`ona), R. Tolibjonov (Farg`ona).
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
Gollar: D. Jabborov (81) – S. Andreev (52, penalti).
Ogohlantirishlar: D. Rahmatullaev (20), I. To`xtaxo`jaev (28), S. Abdullaev (51), R. A`zamov (77), I. To`xtaxo`jaev (90+4) – I. Klimiashvili (34), I. Suyunov (82).
Chetlatishlar: I. Tuxtaxo`jaev (ikkinchi ogohlantirish, 90+4) - K. Maxaradze (75).
Eng yaxshi o`yinchilar: D. Jabborov – S. Andreev.
5007 tomoshabin.
cola
apex
mib
mib
mib
mib