Yoshlar Birinchiligida 6-turning navbatdagi uchta o`yini bo`lib o`tdi.
Namanganning «Navbahor» klubi yoshlari mavsumdagi ilk g`alabani qo`lga kiritishdi. Kosonsoydagi «Markaziy» o`yingohda bo`lib o`tgan bahsda namanganliklar «Buxoro» ustidan irodali g`alabaga erishishdi. Uchrashuvning birinchi bo`limida hisob ochilmagan bo`lsa, tanaffusdan so`ng darvozalar jami besh marta aniq nishonga olindi. Uchrashuv yakunlanishiga sakkiz daqiqa qolgan bir vaqtda «Buxoro» uyga 2:1 hisobidagi g`alaba bilan qaytishga yaqin edi. Biroq ligadagi eng ko`p gol o`tkazib yuborgan jamoaning himoyasi so`nggi daqiqalarda pand berdi.
«Uchrashuvning yakuniy qismida «Navbahor» yoshlarida hujumkorlikni oshirishdan o`zga chora qolmagandi. O`rtadagi muvozanatni tiklash maqsadida harakat qilgan namanganlik futbolchilar o`yin yakunlanishiga oz vaqt qolganida hisobni tenglashtirishni uddasidan chiqishdi. Akbarshoh Rashidxonov 18 metrlardan belgilangan jarima to`pini chiroyli tarzda darvoza to`riga joylab qo`ydi. Hakam tomonidan qo`shib berilgan daqiqalar o`tib borayotgan bir pallada Sardor Telyakovning to`p oshirishidan keyin darvozabon bilan yuzma-yuz qolgan Abdumalik Abdullaev sovuqqonlik bilan to`pni to`rga tushirdi», - deb yozadi o`yin haqida «Navbahor» rasmiy sayti.
G`uzorda bo`lib o`tgan «Sho`rtan» va «Olmaliq» yoshlari bahsida omad Toshkent viloyati vakillariga kulib boqdi. Unda «Olmaliq» 2:0 hisobida g`alaba qozondi. «Sho`rtan» olti uchrashuvdan so`ng atigi ikki ochko to`plagani holda musobaqa jadvalining eng so`nggi pog`onasida borayotgan bo`lsa, «Olmaliq» mavsumdagi to`rtinchi g`alabasidan so`ng ochkolari sonini 12taga etkazgani holda, ikkinchi o`ringa ko`tarilib oldi.
«Garchi, o`yin mobaynida Seid Seidov shogirdlari katta ustunlikka erishgan bo`lsa-da, lekin yaratilgan imkoniyatlarni ko`kka sovurishdi va o`z darvozalaridan ikkita gol o`tkazib yuborishga majbur bo`lishdi. Avvaliga Husan Orziqulov yo`q joydan xato qilib, qo`lidagi to`pni o`z darvozasiga kiritgan yuborgan bo`lsa, ikkinchi bo`limda Bobur Xo`jayorov o`z darvozasini «aniq» nishonga olib, hisobni 2:0 ko`rinishiga «olib keldi», - deb yozadi «Sho`rtan» rasmiy sayti o`yin haqida.
Yoshlar Birinchiligida karvonboshilikni o`z qo`liga olgan Zarafshonning «Qizilqum» klubi yoshlari bu turda «Dinamo»ni qabul qilishdi va 3:1 hisobida g`alaba qozonishdi. Igor Rogovanov, Bakir Diykinboev va Ilya Ilinning gollariga samarqandiklar faqat bir marta – Hislat Usmonovning penaltidan urgan goli bilan javob bera olishdi. Usmonov uchun bu gol mavsumdagi to`rtinchisi bo`lib, u bu turda ham maydonni golsiz tark etmagan «Buxoro» hujumchisi Ibrohim Raupov bilan birgalikda Yoshlar Birinchiligi to`purarlari poygasida peshqadamlik qilmoqda.
Turning so`nggi uchrashuvi 28 aprel kuni «Andijon» hamda «Neftchi» yoshlari o`rtasida bo`lib o`tadi. Agar bahsda «Neftchi» g`alaba qozonsa, 11-o`ringa ko`tarilib olishi mumkin. Agar uchrashuv andijonliklar g`alabasi bilan yakuniga etadigan bo`lsa, jamoa musobaqa jadvalida «Olmaliq» bilan o`rin almashadi va 2-o`ringa ko`tariladi.
Ma`lumot uchun:
Yoshlar Birinchiligi, 6-tur natijalari
27 aprel, juma
«QIZILQUM» (Zarafshon) – «DINAMO» (Samarqand) 3:1 (0:0)
Hakamlar: T. Galeev (Urganch), E. Zakutilin, A. Eshbo`taev, S. Ivlev.
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
Gollar: I. Rogovanov (48), B. Diykanboev (53), I. Ilin (61) – X. Usmonov (66, penalti).
Ogohlantirishlar: V. Aleksin (52), I. Xolmirzaev (ikkisi ham - «Dinamo», 61).
111 tomoshabin.
«ShO`RTAN» (G`uzor) – «OLMALIQ» (Olmaliq) 0:2 (0:1)
Hakamlar: D. Karimov (Toshkent), S. Sattorov, F. Norsafarov, N. Qosimov.
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
Gollar: A. Jo`raev (4), B. Xo`jayorov (61, avtogol).
Ogohlantirishlar: H. Karimov (20) – A. Jo`raev (22), A. Abduhamidov (69).
285 tomoshabin.
«NAVBAHOR» (Namangan) – «BUXORO» (Buxoro) 3:2 (0:0)
Hakamlar: A. Rahimov (Andijon), M. Majidov, R. Fozilov, Sh. Bozorov.
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Gollar: E. Nizomboev (53), A. Rashidxonov (90), A. Abdullaev (90+3) – A. Murotov (78), I. Raupov (83).
Ogohlantirishlar: Z. Toshpo`latov (82) – Sh. Abbosov (38), A. Fatullaev (45+1).
78 tomoshabin.
27-aprel holatiga ko`ra musobaqa jadvali
1
|
QIZILQUM (Zarafshon)
|
6
|
5
|
0
|
1
|
13-6
|
15
|
2
|
OLMALIQ (Olmaliq)
|
6
|
4
|
0
|
2
|
9-6
|
12
|
3
|
ANDIJON (Andijon)
|
5
|
3
|
1
|
1
|
9-3
|
10
|
4
|
LOKOMOTIV (Toshkent)
|
6
|
2
|
4
|
0
|
9-6
|
10
|
5
|
METALLURG (Bekobod)
|
6
|
2
|
3
|
1
|
9-8
|
9
|
6
|
BUNYoDKOR (Toshkent)
|
6
|
2
|
2
|
2
|
10-10
|
8
|
7
|
PAXTAKOR (Toshkent)
|
5
|
2
|
2
|
1
|
8-8
|
8
|
8
|
NASAF (Qarshi)
|
5
|
2
|
1
|
2
|
7-7
|
7
|
9
|
MASh`AL (Muborak)
|
6
|
2
|
1
|
3
|
7-9
|
7
|
10
|
NAVBAHOR (Namangan)
|
6
|
|