Oliy liga 6-turidan o`rin olgan «Lokomotiv» va «Paxtakor» klublari ishtirokidagi poytaxt derbisi «temiryo`lchilar»ning TTZ dahasida joylashgan yangi uy arenasida bo`lib o`tishi haqida ma`lum qilingandi. Bugun 17:00da start oladigan bellashuv odatdagidek Toshkent temiryo`l muhandisligi institutiga qarashli stadionda o`tkaziladi.
Qayd etish kerak, hozirga qadar «Lokomotiv» va «Paxtakor» klublari milliy chempionat doirasida o`zaro 14 marta maydonga tushishgan. Shularning 11tasida «paxtakorchilar»ning qo`li baland kelgan bo`lsa, qolgan 3ta o`yinda g`olib jamoa aniqlanmagan. 11ta g`alabaning 5tasi yirik hisobda ekanini qayd etish o`rinli. To`plar nisbati – 41:9, tabiiyki, «Paxtakor» foydasiga.«Lokomotiv» — «Paxtakor» o`yini TTMI stadionida bo`lib o`tadi
27.04.2012
