Yoshlar Birinchiligi 6-turidan o`rin olgan yana bir uchrashuv bo`lib o`tdi.
26 aprel kuni Yoshlar Birinchiligi 6-turidan o`rin olgan Toshkentning ikki jamoasi – «Lokomotiv» va «Paxtakor» yoshlari o`rtasidagi uchrashuv bo`lib o`tdi. Unda 2:2 hisobidagi durang natija qayd etildi.
«Lokomotiv" darvozasini burchakdan oshirilgan to`pdan keyin Alisher Azizov ochdi. Bundan avvalroq Muhiddinov penaltidan foydalana olmagandi. Shundan keyin mezbonlarning xavfli hujumi gol bilan tugadi. Guryanov hisobni tenglashtirgan golga mualliflik qildi. Ikkinchi bo`lim har ikki jamoaning keskin hujumlari ostida kechdi. Dastlab mezbonlar hisobda oldinga o`tgan bo`lsalar, o`yin yakunlanishii arafasida Azizov o`zining aniq zarbasi bilan yoshlarimizga bir ochko keltirdi», - deb yozadi o`yin haqida «Paxtakor» rasmiy sayti.
Turning dastlabki ikki uchrashuvi 25 aprel kuni bo`lib o`tgan edi. 27 aprel kuni «Qizilqum» – «Dinamo» (boshlanish vaqti – 16:30), «Sho`rtan» – «Olmaliq» (17:15) va «Navbahor» – «Buxoro» (16:30) uchrashuvlari bo`lib o`tsa, turning so`nggi – «Andijon» – «Neftchi» (16:00) bahsi 28 aprel, shanba kuni o`tkaziladi.
Yoshlar Birinchiligi, 6-tur
26 aprel, payshanba
«LOKOMOTIV» (Toshkent) – «PAXTAKOR» (Toshkent) 2:2 (1:1)
Hakamlar: R. Tolibjonov (Farg`ona), T. Gaynulin, R. Nugmanov, V. Najafaliev.
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
Gollar: N. Guryanov (32), S. Mahmudov (53) – A. Azizov (19, 80).
12-daqiqada O. Muhitdinov («Paxtakor») penaltidan foydalana olmadi.
Ogohlantirishlar: S. Usmonxo`jaev (59), K. Abramov (74), A. No``monov (90) – N. Odilov (30), F. Shotursunov (38), N. Odilov (67), A. Kletskov (85).
Chetlatish: N. Odilov (ikkinchi ogohlantirish, 67).
427 tomoshabin.