«Nasaf» – «Qizilqum» uchrashuvi sanasi o`zgardi

24.04.2012

«Nasaf» – «Qizilqum» uchrashuvi sanasi o`zgardi

Oliy Liga klubining qit`a miqyosidagi o`yini sabab Oliy Liga uchrashuvlari taqvimiga o`zgartirish kiritildi.

Qarshining «Nasaf» klubi 2 may kuni Osiyo chempionlar ligasi 5-turi doirasida BAAning «Al-Jazira»siga qarshi safar o`yinida ishtirok etadi. Shuningdek klub 6 may kuni Oliy liga 7-turi doirasida «Qizilqum»ni qabul qilishi kerak edi. «Nasaf» klubi rahbariyati O`zPFLga murojaat qilib, «Qizilqum»ga qarshi o`yinni bir kun kechroq o`tkazishni so`radi.

«Nasaf»ning xalqaro maydondagi ishtirokini inobatga olgan O`zPFL «Nasaf» va «Qizilqum» klublari ishtirokidagi 7-tur o`yinini 6 maydan 7 mayga ko`chirdi.

Ma`lumot uchun:
-
Oliy Liga-2012 taqvimi
-
Oliy Liga-2012 natijalari

cola
apex
mib
mib
mib
mib