Oliy Liga 6-tur uchrashuvlarini boshqarib boruvchi hakamlar ma`lum bo`ldi.
Tur davomida futbol muxlislari bir qator «derbilar»ga guvoh bo`lishlari mumkin. Jumladan, 26 aprel kuni bo`ladigan «Mash`al» va «Nasaf» o`rtasidagi «Qashqadaryo derbisi»ni Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borsa, 27 aprel kuni Toshkentning TTZ dahasidagi yangi stadionda o`tkaziladigan «Lokomotiv» va «Paxtakor» o`rtasidagi «Toshkent derbisi»ni Marat Ismoilov boshqarib boradi.
Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi esa vodiyga safar qiladi – 29 aprel kuni andijonlik muxlislar «Andijon» va «Neftchi» o`rtasidagi «Vodiy derbisi»ni tomosha qilishadi.
Oliy Liga, 6-tur uchrashuvlari
26 aprel, payshanba
«BUNYoDKOR» (Toshkent) – «METALLURG» (Bekobod)
Bosh hakam: Sh.Qosimov (Toshkent).
Yon qanot hakamlari: A.Rajabboev, R.Gopurov (ikkisi ham — Namangan).
Zaxira hakami: O.To`ychiboev (Farg`ona).
Nazoratchi: F.Abdullaev (Toshkent).
«MASh`AL» (Muborak) – «NASAF» (Qarshi)
Bosh hakam: V.Kovalenko (Toshkent).
Yon qanot hakamlari: R.Ilyosov, M.Saidqosimov (ikkisi ham – Toshkent).
Zaxira hakami: I.Ibrohimov (Nukus).
Nazoratchi: G.Imomov (Toshkent).
27 aprel, juma
«LOKOMOTIV» (Toshkent) – «PAXTAKOR» (Toshkent)
Bosh hakam: M.Ismoilov (Toshkent).
Yon qanot hakamlari: F.Hasanov (Namangan), N.Toshmatov (Farg`ona).
Zaxira hakami: R.Tolibjonov (Farg`ona).
Nazoratchi: R.Aytekov (Toshkent).
28 aprel, shanba
«QIZILQUM» (Zarafshon) – «DINAMO» (Samarqand)
Bosh hakam: V.Tseytlin (Toshkent).
Yon qanot hakamlari: R.Shoyaxmetov, O.Dachev (ikkisi ham – Toshkent).
Zaxira hakami: T.Galeev (Urganch).
Nazoratchi: A.Abdullaev (Toshkent).
«ShO`RTAN» (G`uzor) – «OLMALIQ» (Olmaliq)
Bosh hakam: B.Tog`aev (Toshkent).
Yon qanot hakamlari: X.Shodmonov, B.Qodirov (ikkisi ham — Buxoro).
Zaxira hakami: D.Karimov (Toshkent).
Nazoratchi: I.Nexochin (Namangan).
«NAVBAHOR» (Namangan) – «BUXORO» (Buxoro)
Bosh hakam: X.Ro`ziev (Toshkent).
Yon qanot hakamlari: R.Samandarov, O.Jumaev (ikkisi ham — Navoiy).
Zaxira hakami:
Nazoratchi: A.Arutyunov (Toshkent).
29 aprel, yakshanba
«ANDIJON» (Andijon) – «NEFTChI» (Farg`ona)
Bosh hakam: R.Ermatov (Toshkent).
Yon qanot hakamlari: A.Rasulov, J.Saidov (ikkisi ham — Toshkent).
Zaxira hakami: A.Ergashev (Toshkent).
Nazoratchi: S.Najafaliev (Toshkent).