Oliy Liga 5-tur bahslari start oldi.
Bungacha ketma-ket ikki uchrashuvda mag`lubiyatga uchragan «Sho`rtan» 5-turda «Buxoro» mehmoni bo`ldi va Viktor Klishinning yagona goli evaziga G`uzorga g`alaba bilan qaytadigan bo`ldi.
Samarqandning «Dinamo» jamoasi ketma-ket ikkinchi g`alabani qo`lga kiritdi. Ahmad Ubaydullaev shogirdlari 4-turda «Andijon»ni safarda yirik – 3:0 hisobida mag`lubiyatga uchratgan bo`lishsa, 5-turda o`z maydonida «Mash`al» darvozasiga javobsiz ikkita gol urishdi.
«Metallurg» va «Navbahor» o`rtasidagi bahsda hisob ochilmadi.
Turning qolgan uchrashuvlari 22 aprel kuni bo`lib o`tadi. 5-tur doirasidagi «Neftchi» – «Paxtakor» uchrashuvi esa boshqa sanada bo`lib o`tadi.
Ma`lumot uchun:
Oliy Liga, 5-tur uchrashuvlari
21 aprel, shanba
«METALLURG» (Bekobod) – «NAVBAHOR» (Namangan) 0:0
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent),. V. Lushin (Gulistan), R. Toshmuhamedov (Nukus).
Nazoratchi: I. Sharipov (Buxoro).
Ogohlantirishlar: O. Isabaev (31) – S. Asqaraliev (32).
Eng yaxshi o`yinchilar: Z. Abdullaev – D. Romanenko.
4961 tomoshabin.
«BUXORO» (Buxoro) – «ShO`RTAN» (G`uzor) 0:1
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), Sh. Qosimov (Toshkent).
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), Sh. Qosimov (Toshkent).
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
Gol: V. Klishin (6).
Ogohlantirishlar: A. Tarasenko (43), A. Muhitdinov (74), A. Muhitdinov (81) – V. Rushnitskiy (16), V. Klishin (22).
Chetlatishlar: A. Muhitdinov (ikkinchi ogohlantirish, 81) – H. Karimov (81).
Eng yaxshi o`yinchilar: N. Jo`raev – A. Korneychuk.
10358 tomoshabin.
«DINAMO» (Samarqand) – «MASh`AL» (Muborak) 2:0
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), D. Saidov (Toshkent), M. Muhammedov (Toshkent viloyati).
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
Gollar: L. Koshelev (74, penalti), R. Ahmedov (81).
Ogohlantirishlar: D. Jo`raev (35) – A. Haydarov (15), G. Sapargaliev (50), D. Vaniev (74).
Eng yaxshi o`yinchilar: I. Nagaev – S. Shodmonov.
10522 tomoshabin.