Yoshlar Birinchiligida 5-tur uchrashuvlari start oldi.
20 aprel kuni tur doirasidagi uchta o`yin bo`lib o`tdi. «Metallurg» va «Navbahor» yoshlari o`rtasidagi bahsda hisob ochilmadi. «Asosan teng kurash kuzatilgan bo`lsa-da, «Navbahor» futbolchilari kichik ustunlikka ega bo`lishdi... Xususan, birinchi bo`limda Azim Ahmedovning olis masofadan tepgan to`pini darvoza to`sini qaytarib qolgan bo`lsa, keyinchalik Farhod Oxunov va A`zam Aliev ham xavfli hujumlarni samarali yakunlay olishmadi», - deb yozadi o`yin haqida «Navbahor» rasmiy sayti. Ushbu durang natijadan so`ng «Metallurg» ochkolari sonini 6taga etkazib, 8-o`rinda turgan bo`lsa, «Navbahor» yoshlar jamoasi 3 ochko bilan 12-o`rinni band etgan.
Buxoro shahrida «Buxoro» va «Sho`rtan» yoshlari o`zaro bahs olib borishdi. Ibrohim Raupovning xet-trigi va Evgeniy Kochnevning penaltidan urilgan goliga g`uzorliklar faqat ikki marta javob bera olishdi. «Shu tariqa, Seid Seidov boshchiligidagi «Sho`rtan» yoshlarining «g`alabasiz seriyasi» beshta o`yinga etd va jamoa Yoshlar Birinchiligi turnir jadvalining so`nggi pog`onasiga tushib ketdi», - deb yozadi «Sho`rtan» rasmiy sayti. Mavsumdagi birinchi g`alabasini qo`lga kiritgan «Buxoro» o`rinbosarlari 11-o`ringa ko`tarilib olishdi.
Samarqandning «Dinamo» va Muborakning «Mash`al» jamoalari yoshlari o`rtasidagi bahsda omad maydon egalariga kulib boqdi: Dilyaver Abibullaev va Turg`un Qobilovning gollari evaziga «Dinamo» 2:0 hisobida g`alaba qozondi va ochkolari sonini 5taga etkazib, endi 9-o`rinda turibdi.
Turning qolgan uchrashuvlari 21 aprel, shanba kuni o`tkaziladi. Unda «Bunyodkor» «Lokomotiv»ni, «Olmaliq» «Qizilqum»ni, «Nasaf» esa «Andijon»ni qabul qiladi. «Neftchi» – «Paxtakor» uchrashuvi boshqa muddatga qoldirilgan.
Yoshlar Birinchiligi, 5-tur uchrashuvlari
20 aprel, juma
«METALLURG» (Bekobod) – «NAVBAHOR» (Namangan) 0:0
Hakamlar: R. Toshmuhamedov (Nukus), X. Mirzaahmedov, I. Zoitov, R. Mahmudov.
Nazoratchi: I. Sharipov (Buxoro).
Ogohlantirishlar: Sh. Norbekov (37), A. Mo`minov (52) – A. Ahmedov (13), K. Qo`chqorov (65), A. Rashidxonov (84).
389 tomoshabin.
«BUXORO» (Buxoro) – «ShO`RTAN» (G`uzor) 4:2 (1:1)
Hakamlar: Sh. Qosimov (Toshkent), B. Qodirov, A. Burov, Sh. Rahmatov.
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
Gollar: I. Raupov (2, 76, 88), E. Kochnev (53, penalti) – R. Narzullaev (27, penalti), G. Rahmonov (58).
Ogohlantirishlar: D. Otajonov (90) – G`. Rahmonov (41), X. Arziqulov (52), Ya. Krushelnitskiy (55), B. Xo`jyorov (86), Ya. Krushelnitskiy (90).
Chetlatish: Ya. Krushelnitskiy (ikkinchi ogohlantirish, 90).
638 tomoshabin.
«DINAMO» (Samarqand) – «MASh`AL» (Muborak) 2:0 (2:0)
Hakamlar: M. Muhamedov (Toshkent viloyati), Sh. Qamarov, S. Hakimov, D. Qudratov.
Hakamlar: M. Muhamedov (Toshkent viloyati), Sh. Qamarov, S. Hakimov, D. Qudratov.
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
Gollar: D. Abibullaev (6), T. Qobilov (22).
Ogohlantirishlar: N. Sviridov (9), T. Qobilov (23), O. Tursunov (76), O. Tursunov (89) – X. Xolmurodov (63), S. Abdullaev (65), Sh. Fayziev (90+1).
Chetlatish: O. Tursunov (ikkinchi ogohlantirish, 89).
112 tomoshabin.
20 apreldan keyingi holat
1
|
QIZILQUM (Zarafshon)
|
4
|
3
|
0
|
1
|
8-5
|
9
|
2
|
OLMALIQ (Olmaliq)
|
4
|
3
|
0
|
1
|
7-4
|
9
|
3
|
LOKOMOTIV (Toshkent)
|
4
|
2
|
2
|
0
|
6-3
|
8
|
4
|
ANDIJON (Andijon)
|
4
|
2
|
1
|
1
|
8-3
|
7
|
5
|
BUNYoDKOR (Toshkent)
|
4
|
2
|
1
|
1
|
6-5
|
7
|
6
|
PAXTAKOR (Toshkent)
|
4
|
2
|
1
|
1
|
6-6
|
7
|
7
|
MASh`AL (Muborak)
|
5
|
2
|
1
|
2
|
6-7
|
7
|
8
|
METALLURG (Bekobod)
|
5
|
1
|
3
|
1
|
5-5
|
6
|
9
|
DINAMO (Samarqand)
|
5
|
1
|
2
|
2
|
7-7
|
5
|
|