Oliy va Yoshlar ligalarida 5-tur uchrashuvlarining boshlanish vaqti ma`lum bo`ldi.
Oliy ligada tur o`yinlari 21 aprel kuni Samarqand va Bekobod shaharlarida start oladi. Shanba kuniga 3ta o`yin tayin qilingan. Yakshanba kuni yana shuncha o`yin muxlislar e`tiboriga havola qilinadi.
«Nasaf» va «Neftchi» klublari o`rtasidagi 3-tur o`yini farg`onaliklarning OFK Kubogidagi ishtiroki sabab noma`lum muddatga qoldirilgandi. Endi bu hol «Neftchi» va «Paxtakor» o`yinida ham takrorlanadi.
O`zbekiston televideniesining «Sport» kanali 5-turning 2ta o`yinini translatsiya qilishni rejalashtirgan. 22 aprel kuni Toshkentda bo`lib o`tadigan «Bunyodkor» va «Lokomotiv» klublari ishtirokidagi poytaxt derbisi to`g`ridan-to`g`ri olib ko`rsatilsa, shu kuni Qarshida bo`lib o`tadigan «Nasaf» va «Andijon» klublari o`yini 22:00da yozib olingan holda namoyish etiladi.
5-tur |
|||
O`YINLAR ANONSI |
YoShLAR LIGASI |
OLIY LIGA |
TRANSLYaTsIYa |
20 aprel (juma) |
21 aprel (shanba) |
|
|
Metallurg – Navbahor |
16:30 |
17:00 |
|
Buxoro – Sho`rtan |
17:30 |
17:30 |
|
Dinamo – Mash`al |
17:00 |
17:00 |
|
|
21 aprel (shanba) |
22 aprel (yakshanba) |
|
Bunyodkor – Lokomotiv |
17:00 |
18:00 |
18:00 (SPORT TV) |
Olmaliq – Qizilqum |
16:00 |
17:00 |
|
Nasaf – Andijon |
17:00 |
18:30 |
22:00 (SPORT TV) |
Neftchi – Paxtakor O`yin «Neftchi»ning 24 aprel OFK Kubogi doirasidagi o`yini sabab noma`lum muddatga qoldirilgan. |
|