Birinchi liga 5-6-tur hakamlarida 2ta o`zgarish yuz berdi

17.04.2012

Birinchi liga 5-6-tur hakamlarida 2ta o`zgarish yuz berdi

O`zbekiston birinchiligining 5-6-tur hakamlarida 2ta o`zgarish yuz berdi. 

20 mart – juma kuni o`tkazilishi rejalashtirilgan «Yoshlik» (Koson) va «Xorazm» (Urganch) klublari o`yini Vladislav Tseytlinga ishonib topshirilgandi. Shuningdek, 21 aprel sanasidan joy olgan «NBU-Osiyo» (Toshkent) - «Zomin» (Zomin) o`yiniga bosh hakam etib, Axmadjon Ergashev tayinlangandi. Endi mazkur ikki referi o`zaro o`rin almashishadi. Axmadjon Ergashev birinchi o`yinni boshqarish uchun Kosonga tashrif buyursa, Vladislav Tseytlin Toshkentdagi o`yinga mas`ul bo`ladi. 

5-tur. 20 aprel
«Yoshlik» (Koson) – «Xorazm» (Urganch)

Hakamlar: A.Ergashev (Toshkent), R.Shoyaxmetov (Toshkent), O.Dachev (Toshkent).
Nazoratchi: E.Musaev (Samarqand). 

5-tur. 21 aprel
«NBU-Osiyo» (Toshkent) – «Zomin» (Zomin)

Hakamlar: V.Tseytlin (Toshkent), S.Eremeev (Toshkent), S.Petrov (Toshkent).
Nazoratchi: F.Abdullaev (Toshkent). 

Shuningdek, Birinchi liga 6-turidan joy olgan «Atlaschi» (Marg`ilon) - «Zomin» (Zomin) uchrashuvini Temurbek To`xtasinov emas, balki Viloyat Najafaliev boshqaradi. 

6-tur. 24 aprel
«Atlaschi» – «Zomin»

Hakamlar: V.Najafaliev (Toshkent), B.Japarqulov (Toshkent), U.Oxunjonov (Toshkent).
Nazoratchi: R.Saidov (Toshkent). 

5-6-turning to`liq hakamlari bilan mana bu havolada tanishib olishingiz mumkin.

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib