«Bunyodkor» – «Paxtakor» uchrashuvi sanasiga doir

16.04.2012

«Bunyodkor» – «Paxtakor» uchrashuvi sanasiga doir

«Stadion.uz» nashrida berilgan, Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrushning Toshkent derbisini kuzatish uchun kelishi haqidagi xabarda xatoga yo`l qo`yilgan.

Birinchi davra o`yinlari taqvimiga ko`ra, Karlush Keyrush kelishi kutilayotgan 22 may sanasiga Oliy Liga va O`zbekiston Kubogi doirasida hech qanday o`yinlar belgilanmagan. O`zPFL bosh direktori Farhod Magometov bergan ma`lumotga ko`ra, 2011 yilgi O`zbekiston chempioni «Bunyodkor» va 2011 yilgi O`zbekiston Kubogi sohibi «Paxtakor» o`rtasidagi qoldirilgan 2012 yilgi O`zbekiston Superkubogi uchrashuvi 22 may kuni o`tkazilmaydi.

Birinchi davra o`yinlari taqvimiga ko`ra, 19-21 may kunlari Oliy Liga 9-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi. Bundan tashqari, OFK qaroriga ko`ra, 22 may kuni Osiyo Chempionlar Ligasi g`arbiy mintaqasida 1/8 final o`yinlari bo`lib o`tadi. Agar O`zbekiston klublari ushbu bosqich yo`llanmasini qo`lga kiritishsa, 9-tur o`yinlari rejasiga o`zgartirish kiritilishi mumkin.

«Bunyodkor» va «Paxtakor» o`rtasidagi uchrashuv Oliy Liga 12-tur bahslari doirasida 26 iyun, seshanba kuni bo`lib o`tadi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib