Oliy Liga-2012 4-tur bahslari yakuniga etdi. Turni «Lokomotiv» – «Neftchi» uchrashuvi yakunlab berdi.
Uchrashuvda hisob 11-daqiqada, «Lokomotiv»ning armanistonlik legioneri – Jora Oganesyanning jarimadan yo`llagan zarbasidan so`ng ochildi. «Neftchi» faqat o`yin yakunlanishi arafasida hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo`ldi. «Lokomotiv» darvozasi tomon belgilangan penaltidan zaxiradan maydonga tushgan Anvar Berdiev unumli foydalandi.
Ta`kidlash joiz, «Lokomotiv» va «Neftchi» shu vaqtgacha Oliy Liga doirasida 14 marta to`qnash kelib, biror marta ham durang natija qayd etishmagan. Yana bir e`tiborli tomoni, «Neftchi» mavsum rasman start olganidan beri biror marta ham mag`lubiyatga uchragani yo`q: Oliy Liga doirasidagi uchta o`yinda 5 ochko to`plashga muvaffaq bo`ldi, OFK Kubogida esa to`rtta o`yindan keyin 8 ochko bilan «D» guruhida ikkinchi bo`lib turibdi.
Oliy Liga, 4-tur
15 aprel, yakshanba
«LOKOMOTIV» (Toshkent) – «NEFTChI» (Farg`ona) 1:1 (1:0)
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), D. Pislegin (Toshkent).
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
Gollar: J. Oganesyan (11) – A. Berdiev (89, s penalti).
Ogohlantirishlar: R. A`zamov (37), R. Xachatryan (64), Z. Tojiev (74), S. Abdullaev (89) – Sh. Po`latov (10), O. Isroilov (45+1), M. Saidov (64).
Eng yaxshi o`yinchilar: I. To`xtaxo`jaev – M. Saidov. 5086 tomoshabin.