Yoshlar Birinchiligida navbatdagi uchta uchrashuv bo`lib o`tdi.
«Andijon» – «Dinamo» hamda «Sho`rtan» – «Metallurg» uchrashuvlari bir xil – 1:1 hisobidagi durang natijalar bilan yakunlangan bo`lsa, «Qizilqum» o`z maydonida «Buxoro» yoshlarini 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Ushbu g`alabadan so`ng zarafshonliklar musobaqa jadvalida ochkolari soni bo`yicha – peshqadam «Olmaliq» bilan tenglashib oldi.
Turning so`nggi uchrashuvi 14 aprel, shanba kuni «Lokomotiv» va «Neftchi» yoshlar jamoalari o`rtasida bo`lib o`tadi.
Yoshlar Birinchiligi, 4-tur
13 aprel, juma
«ANDIJON» (Andijon) – «DINAMO» (Samarqand) 1:1 (1:0)
Hakamlar: R. Kopadze (Farg`ona), A. Marajabov, S. Latipov, B. Ro`zimatov.
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
Gollar: D. Tojiboev (28) – T. Qobilov (87).
Ogohlantirishlar: D. Yoqubov (45+1), M. Hayitov (73) – T. Qobilov (32), O. Tayloqov (90+4).
«QIZILQUM» (Zarafshon) – «BUXORO» (Buxoro) 2:1 (1:0)
Hakamlar: N. Qosimov (Qarshi), E. Zakutilin, N. Boltaev, A. Eshbo`taev.
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
Gollar: A. Xoliqov (28, penalti), B. Qosimov (58) – A. Murotov (64).
Ogohlantirishlar: S. Xolmatov (21) – R. Abduvohidov (26), E. Kochnev (66), Sh. Abbosov (83).
1272 tomoshabin.
«ShO`RTAN» (G`uzor) – «METALLURG» (Bekobod) 1:1 (0:0)
Hakamlar: A. Ergashev (Toshkent), F. Usmonov, F. Norsafarov, A. Kalinin.
Nazoratchi: R. Mo`minov (Toshkent).
Gollar: R. Narzullaev (71) – X. Arziqulov (85, avtogol).
Ogohlantirish: B. Xo`jayorov («Sho`rtan», 26).
327 tomoshabin.