«Navbahor» chempionni mag`lubiyatga uchratdi

13.04.2012

«Navbahor» chempionni mag`lubiyatga uchratdi
Oliy Liga 4-tur bahslari doirasida ikkita uchrashuv bo`lib o`tdi va har ikkala o`yinda ham bir xil hisob qayd etildi.
 
Bungacha birorta ham gol urmagan Namanganning «Navbahor» jamoasi o`z maydonida amaldagi chempion «Bunyodkor»ni qabul qilib, 2012 yilgi Oliy Liga bahslarining dastlabki yirik sensatsiyasi sohibiga aylandi. Namanganliklarning litvalik hujumchisi Arturas Fomenko tomonidan har bo`limda urilgan bittadan gol «Navbahor»ga 2:1 hisobidagi g`alabani tuhfa etdi. Ta`kidlash joiz, Qosimov shogirdlari bundan avvalgi safar uchrashuvi – Zarafshonda bo`lib o`tgan «Qizilqum»ga qarshi o`yinda ham ochko yo`qotishgan edi.
 
O`z maydonida «Olmaliq»ni qabul qilgan «Mash`al» esa Gabit Sapargaliev va Samandar Shodmonovning gollari evaziga 2:1 hisobida g`alaba qozondi. Olmaliqliklarning yagona goli Azamat Isroilov hisobiga yozildi.
 
Ushbu g`alabalardan so`ng «Navbahor» uch, «Mash`al» esa to`rt o`ringa yuqoriladi. Birinchi o`ringa chiqib olgan «Paxtakor» bilan ikkinchi o`ringa tushgan «Bunyodkor» orasidagi bir ochkolik farq esa saqlanib qoldi.
 
Oliy Liga, 4-tur
13 aprel, juma
«NAVBAHOR» (Namangan) — «BUNYoDKOR» (Toshkent) 2:1 (1:1)
Hakamlar: M. Ismoilov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), M. Toshmatov (Farg`ona), I. Garmashov (Toshkent).
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
Gollar: A. Fomenko (25, 51) — R. Melzitdinov (4).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Fomenko — R. Melzitdinov.
5701 tomoshabin.
 
«MASh`AL» (Muborak) — «OLMALIQ» (Olmaliq) 2:1 (0:0)
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), S. Ivlev (Navoiy).
Nazoratchi: B. Galleev (Toshkent).
Gollar: G. Sapargaliev (48), S. Shodmonov (74, penalti) — A. Isroilov (59).
Ogohlantirishlar: Sh. Muhammadiev (45+1), Sh. Shaymanov (67), M. Gofurov (83) — S. Hamroev (60), A. Isroilov (74).
Eng yaxshi o`yinchilar: S. Shodmonov — Z. Xolmurodov.
3221 tomoshabin.
cola
apex
mib
mib
mib
mib