«Paxtakor» «Nasaf» bilan durang o`ynadi

12.04.2012

«Paxtakor» «Nasaf» bilan durang o`ynadi

Toshkentning «Paxtakor» hamda Qarshining «Nasaf» jamoalari o`rtasidagi uchrashuvda hisob ochilmadi.

12 aprel kuni «Paxtakor» – «Nasaf» uchrashuvi bilan Oliy Liga 4-tur bahslari start oldi. Butun o`yin davomida ikkala jamoada ham bir qator qulay imkoniyatlar yuzaga kelganiga qaramay, o`yinda hisob ochilmadi. O`yin asosan maydon egalari ustunligida o`tdi.

Ushbu natijadan so`ng «Paxtakor» sakkiz ochko bilan Oliy Liga peshqadamiga aylanib oldi. «Nasaf» ochkolari soni esa ettitaga etdi. Ro`ziqul Berdiev shogirdlari bitta kam o`yin o`tkazishgan.

Turning qolgan uchrashuvlari 13-15 aprel kunlari bo`lib o`tadi.

Oliy Liga, 4-tur
12 aprel, payshanba
«Paxtakor» – «Nasaf» 0:0

cola
apex
mib
mib
mib
mib