Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

12.04.2012

Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

Tartib-intizom qo`mitasi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston Chempionati, Kubogi, Birinchiligi, shuningdek, O`zbekiston Birinchiligi o`yinlaridagi qoidabuzarliklar bo`yicha qaror qabul qildi.

Oliy Liga
«Andijon»ga qarshi 1-tur uchrashuvida muxlislar sha`niga noma`qul fikrlarni bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Metallurg» himoyachisi Fayzullo Ahmedov uchta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

Yoshlar Birinchiligi
«Nasaf»ga qarshi 1-tur uchrashuvida oyog`i bilan raqibiga jarohat etkazish maqsadida qasddan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Dinamo» himoyachisi Bobur Nasimov to`rtta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

«Lokomotiv»ga qarshi 1-tur uchrashuvida raqibiga jarohat etkazish maqsadida ikki oyog`i bilan sakrab chiqqani uchun maydonda chetlatilgan «Sho`rtan» yarimhimoyachisi Tolib Ochilov to`rtta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

«Olmaliq»ga qarshi 2-tur uchrashuvida uchrashuv bosh hakami va uning yordamchisi sha`niga noma`qul fikrlarni bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Paxtakor» hujumchisi Igor Sergeev uchta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

Birinchi Liga
«Paxtakor-2-Chilonzor»ga qarshi 2-tur uchrashuvida qo`li bilan raqibiga qasddan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Kosonsoy» himoyachisi Iskandar Narzullaev ikkita o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

«Kosonsoy»ga qarshi 2-tur uchrashuvida qo`li bilan raqibiga qasddan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Paxtakor-2-Chilonzor» hujumchisi Oyatulloxon Muhitdinov uchta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

Kubok
«So`g`diyona»ga qarshi 1/16 final bosqichi uchrashuvida hakamning harakatlariga aralashgani uchun chetlatilgan «Paxtakor-2-Chilonzor» murabbiyi No``mon Hasanov jarimaga tortildi.

«Yujanin» (Navoiy) – «Paxtakor» (Toshkent) uchrashuvi yakuniga etganidan so`ng (1:2), maydonga ikki nafar ishqiboz yugurib chiqib, hakamga uning harakatlaridan norozi ekanliklarini bildirishgan. Shu sabab, Navoiy klubiga ogohlantirish e`lon qilindi va bu kabi holat takrorlanadigan bo`lsa, Musobaqalar reglamentiga asosan sanktsiyalar ko`riladi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib