Yoshlar Birinchiligida 4-tur bahslari start oldi. Toshkentning «Paxtakor» klubi yoshlari o`z maydonida «Nasaf»ni 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.
Qarshilik yosh futbolchilar 36-daqiqada 17 yoshli Aziz Malikovning aniq zarbasidan hisobni ochganliklariga qaramay, ikkinchi bo`limda o`z darvozalaridan ikkita gol o`tkazib yuborishdi. O`zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod himoyachi Ilhom Suyunov ikkinchi taym boshida hisobni tenglashtirgan bo`lsa, o`yin yakunlanishiga uch daqiqa qolganida O`zbekiston olimpiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Alisher Azizov g`alaba to`pi muallifiga aylandi. Bundan ikki daqiqa avval Azizov penaltidan gol ura olmagan edi.
Ushbu g`alabadan so`ng «Paxtakor» hisobidagi 7 ochkoga etkazib, 3-o`ringa ko`tarilib oldi. Turning qolgan uchrashuvlari 12-14 aprel kunlari bo`lib o`tadi.
Yoshlar Birinchiligi, 4-tur
11 aprel, chorshanba
«PAXTAKOR» (Toshkent) – «NASAF» (Qarshi) 2:1 (0:1)
Hakamlar: R. Tolibjonov (Farg`ona), A. Po`latov, U. Oxunjonov, V. Najafaliev.
Nazoratchi: G`. Karimov (Toshkent).
Gollar: I. Suyunov (48), A. Azizov (87) – A. Malikov (36).
85-daqiqada A.Azizov penaltidan foydalana olmadi.
Ogohlantirishlar: A. Kletskov (35) – M. Mo`minov (22), F. Sayfiev (24), A. Turdiev (30), A. Malikov (68), T. Abdurazzoqov (81), D. Karimov (85). 252 tomoshabin.