«Bunyodkor» peshqadamga aylandi

09.04.2012

«Bunyodkor» peshqadamga aylandi

Toshkentning «Bunyodkor» klubi o`z maydonida «Sho`rtan»ni yirik hisobda mag`lubiyatga uchratdi.

Bahodir Pardaev, Shavkat Salomov hamda Anvarjon Soliev tomonidan kiritilgan gollar amaldagi O`zbekiston chempioniga 3:0 hisobidagi yirik g`alabani keltirdi.

Ushbu g`alabadan so`ng «Bunyodkor», to`plar nisbatiga ko`ra, musobaqa jadvalida peshqadam bo`lib oldi. Mirjalol Qosimov shogirdlari O`zbekiston Kubogi sohibi «Paxtakor» bilan bir xil – 7 ochko to`plashgan.

Bu mag`lubiyatdan so`ng «Sho`rtan» 4-o`ringa tushib ketgan bo`lsa, faqat «Nasaf» yo`qotishlarsiz bormoqda. Qarshi klubi «Neftchi»ga qarshi 3-tur o`yinini boshqa muddatda o`tkazadi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib