«Olmaliq» va «Paxtakor» g`alaba qozondi

08.04.2012

«Olmaliq» va «Paxtakor» g`alaba qozondi

«Olmaliq» va «Paxtakor» O`zbekiston chempionati 3-turida g`alaba qozondi.

O`z maydonida «Andijon»ni 3:2 hisobida mag`lubiyatga uchratgan «Olmaliq» uchun ushbu muvaffaqiyat mavsumdagi dastlabkisi hisoblanadi, «Paxtakor» esa bu yil hisobidan ikkinchi g`alabasini tantana qildi. E`tiborli tomoni, paxtakorchilari ikkinchi g`alabani ham safarda qo`lga kiritishdi.

Oliy liga, 3-tur
8 aprel, yakshanba
«OLMALIQ» (Olmaliq) – «ANDIJON» (Andijon) – 3:2. 5325 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), D. Saidov (Toshkent), A. Asimov (Toshkent).
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Gollar: O. Zoteev (6), D. Stanoevich (37), D. Abdurahmonov (77) – V. Shishelov (69, penalti, 70).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Vostrikov – V. Shishelov.

«DINAMO» (Samarqand) – «PAXTAKOR» (Toshkent) – 0:1. 6122 tomoshabin.
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), R. Bobomurodov (Navoiy).
Nazoratchi: V. Shtern (Toshkent).
Gol: T. Abduxoliqov (58),
70-daqiqada D.Sharofutdinov penaltidan foydalana olmadi.
Ogohlantirishlar: A. Xvostunov (42), A. Risqullaev (69), D. Jo`raev (barchasi – «Dinamo», 75).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Melnichuk – D. Sharofutdinov.

cola
apex
mib
mib
mib
mib