Yoshlar birinchiligi: faqat «Olmaliq» yo`qotishlarsiz ketmoqda

08.04.2012

Yoshlar birinchiligi: faqat «Olmaliq» yo`qotishlarsiz ketmoqda

Yoshlar birinchiligida 3-tur bahslari yakuniga etdi. Turning «Nasaf» hamda «Neftchi» o`rtasidagi o`yini boshqa kunga qoldirilgan.

O`z maydonida «Andijon»ni 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratgan «Olmaliq» yoshlari hozircha birorta ochko yo`qotmagan jamoa sifatida musobaqa jadvalida karvonboshilik qilishmoqda. «Dinamo» o`z maydonida «Paxtakor»ga imkoniyatni boy bergan bo`lsa, «Bunyodkor» «Sho`rtan»ni kichik hisobda mag`lubiyatga uchratdi.

Yoshlar birinchiligi, 3-tur
7 aprel, shanba
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Andijon» (Andijon) – 1:0. 578 tomoshabin.
Hakamlar:
A. Asimov (Toshkent), I. Zoitov, R. Mahmudov, A. Tsapenko.
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Gol: S. Berdiev (17).
Ogohlantirishlar: D. Yusufjonov (8), M. Murodov (37), A. Jo`raev (46), Z. To`raev (76) – F. Salohitdinov (54), F. Salohitdinov (74).
Chetlatish: F. Salohitdinov (ikkinchi ogohlantirish, 74).

«Dinamo» (Samarqand) – «Paxtakor» (Toshkent) – 1:2. 322 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Bobomurodov (Navoiy), Sh. Qamarov, S. Hakimov, D. Qudratov.
Nazoratchi: V. Shtern (Toshkent).
Gollar: X. Usmonov (4, penalti) – A. Azizov (36), I. Magdeev (69).
Ogohlantirishlar: N. Sviridov (35), B. Murtazoev (65) – A. Abdullaev (3), T. Shamsitdinov (53), A. Azizov (90+1).

8 aprel, yakshanba
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Sho`rtan» (Guzar) – 1:0. 87 tomoshabin.
Hakamlar:
T. To`xtasinov (Andijon), S. Eremeev, S. Shoyusupov, D. Pislegin.
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
Gol: S. Rajabov (50).
Ogohlantirishlar: Ya. Krushelnitskiy (57), R. Narzullaev (ikkisi ham – «Sho`rtan», 90+3).

cola
apex
mib
mib
mib
mib