«Lokomotiv» va «Metallurg»ning ilk g`alabasi

08.04.2012

«Lokomotiv» va «Metallurg»ning ilk g`alabasi

«Lokomotiv» va «Metallurg» 2012 yilgi O`zbekiston chempionatida ilk g`alabalarini tantana qilishdi.

Temiryo`lchilar safarda «Navbahor» darvozasiga ikkita javobsiz gol urgan bo`lishsa, «Metallurg» o`z maydonida «Qizilqum»ni mag`lubiyatga uchratdi – 1:0. «Buxoro» va «Mash`al» o`rtasidagi yana bir o`yin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etdi.

O`zbekiston chempionati, 3-tur
7 aprel, shanba
«NAVBAHOR» (Namangan) – «LOKOMOTIV» (Toshkent) 0:2 (0:1)
Hakamlar:
V. Tseytlin (Toshkent), A. Mironov (Toshkent), A. Bukatin (Toshkent), R. Tolibjonov (Farg`ona).
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
Gollar: D. Rahmatullaev (39), Muhammad Bindi (83).
Ogohlantirishlar: G`. Jo`raev (9), A. Mahmudov (62) – R. Xachatryan (45+2), M. Kazankov (50), S. Abdullaev (63), A. Shadrin (72), P. Bugalo (79).
Eng yaxshi o`yinchilar: D. Mehmonov – I. To`xtaxo`jaev.
6523 tomoshabin.

«METALLURG» (Bekobod) – «QIZILQUM» (Zarafshon) 1:0 (1:0)
Hakamlar:
X. Ro`ziev (Toshkent), B. Norsafarov (Qarshi), T. Abdullaev (Toshkent), Sh. Qosimov (Toshkent).
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
Gol: D. Karimov (4).
Ogohlantirish: G. O`runov («Qizilqum», 76).
Eng yaxshi o`yinchilar: M. Ikromov – E. Jabborov.
4862 tomoshabin.

«BUXORO» (Buxoro) – «Mash`al» (Muborak) – 1:1 (1:0)
Hakamlar:
B. Namozov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), V. Lushin (Gulistan), T. Galeev (Urgench).
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
Gollar: M. Kakaladze (28) – S. Shodmonov (62).
Ogohlantirishlar: V. Shodiev (41), D. Hasanov (71) – I. Petkovich (7), A. Haydarov (90+4).
Eng yaxshi o`yinchilar: V. Shodiev – S. Quvvatov.
5850 tomoshabin.

cola
apex
mib
mib
mib
mib