24-mart kuni O‘zPFLning Umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

21.03.2022

24-mart kuni O‘zPFLning Umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 24-mart kuni soat 11:00 da "Bunyodkor" stadioni anjumanlar zalida O‘zbekiston Professional futbol ligasi Oliy rahbar organi — Umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladi. 

Umumiy yig‘ilish kun tartibidan 3 ta muhim masala o‘rin olgan:

1. O‘zPFL Ijroiya qo‘mitasining yangilangan tarkibini tasdiqlash;
2. O‘zPFL nazorat-taftish komissiyasining yangilangan tarkibini tasdiqlash;
3. O‘zPFL Ustavining yangi tahrirdagi loyihasini tasdiqlash.

Umumiy yig‘ilishda Superliga, Pro liga, Birinchi liga va Futzal jamoalari, shuningdek O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining qonuniy vakolatli vakillari ishtirok etadi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib