Bugun Coca Cola Superligasida 6-tur uchrashuvlari start oldi. Turning ilk o‘yini Qo‘qonda kechdi. Unda mahalliy “Qo‘qon-1912” jamoasi o‘z maydonida “Surxon”ni qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Amaldagi chempion “Paxtakor” esa Dostonbek Hamdamov hamda Eren Derdiyoklarning gollari evaziga Navoiyda “Qizilqum”ni 2:0 hisobida mag‘lub etishga erishdi.
Parallel ravishda kechgan “Bunyodkor” – “Lokomotiv” bellashuvida mezbonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, “temiryo‘lchilar”ning mag‘lubiyatlari seriyasi 4 ta o‘yinga etdi.
Ertaga Coca Cola Superligada yana ikkita bellashuv bo‘lib o‘tadi. “So‘g‘diyona” Jizzaxda “Andijon”ni qabul qilsa, mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan “Nasaf” “Buxoro”ni sinovdan o‘tkazadi.
Coca Cola Superliga. 6-tur
25 iyun, payshanba
QO‘QON-1912 – SURXON 3:0 (0:0)
Qo‘qon. “Markaziy” stadion
Hakamlar: Aziz Asimov, Timur Galeev, Doniyor Saylavov, Alisher To‘xtasinov
Nazoratchi: Bobur Xaydarov
Komissar: Laziz Qo‘chqorov
Gollar: Filip Raevats, 50 (1:0), Murod Xolmuhammedov, 70 penaltidan (2:0), Suxrob Berdiev, 90+4 (3:0)
“Qo‘qon-1912”: Botirali Ergashev, Bobirjon Akbarov, Sobit Sindarov (Avazxon Mamatxo‘jaev 88), Shohnazar Norbekov (Xamidullo Abdurahmonov, 79), Suxrob Berdiev, Quvondiq Ro‘ziev (Yakuba Bamba, 88), Oybek Rustamov, Aleksandr Merzlyakov, Ivan Yosovich, Filip Raevats (Iqboljon Malikjonov, 71), Murod Xolmuhammedov.
“Surxon”: Asilbek Amanov, Abduqaxxor Xojiakbarov, Vladimir Bubanya, Xusniddin G‘ofurov (Sherzod Karimov, 67), Shavkat Salomov (Sardor Sulaymonov, 82), Aleksandr Kasyan (Muhammad-Ali Abdurahmonov, 82), Nuriddin Hasanov (A’zam Aliev, 67), Xusniddin G‘ofurov, Jahongir Mehmanov, Darko Stanoevich, Asror G‘ofurov.
Ogohlantirishlar: Xamidullo Abduhamidov, 90+1 – Vladimir Bubanya, 28, Asror G‘ofurov, 40, Abduqaxxor Xojiakbarov, 45, Asilbek Amanov, 69, Sardor Sulaymonov, 90+4).
QIZILQUM – PAXTAKOR 0:2 (0:0)
Navoiy. “Yoshlar” sport majmuasi
Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Artyom Kalinin, Shoxrux A’zamov, Shuhrat Rajabov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Said Shoxrux
Gollar: Dostonbek Hamdamov, 47 (0:1), Eren Derdiyok, 72 (0:2)
“Qizilqum”: Artyom Makosin, Ruslan Margiev, Alisher Sanoev, Qadamboy Nurmetov, Fayzulla Qambarov, Salim Mustafoev, Sherali Jo‘raev, Azizbek Usmonov, Makkartni Naveseb, Oleg Tolmasov, Sunnatilla Abdullajonov.
“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Xojiakbar Alijonov, Anzur Ismoilov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Dostonbek Xamdamov (Javohir Siddiqov, 81), Odiljon Xamrobekov, Sherzod A’zamov, Sardor Sobirxo‘jaev (Abror Ismoilov, 81), Farrux Sayfiev (Akramjon Komilov, 86), Eren Derdiyok (Igor Sergeev, 81).
Ogohlantirish: Sherali Jo‘raev, 43.
BUNYoDKOR – LOKOMOTIV 2:0 (1:0)
Toshkent. “Bunyodkor” stadioni
Hakamlar: Akobir Shukurullaev, Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Sardor Najafaliev
Komissar: Sherzod Rajabov
Gollar: Selim Nurmuradov, 19 (1:0), Shaxboz Erkinov, 74 (2:0)
“Bunyodkor”: Sarvar Karimov, Islomjon Qobilov, Ibrohimhalil Yuldashev (Farrux Ikromov, 57), Jasur Jaloliddinov, Rasul Yo‘ldoshev (Anvar G‘ofurov, 78), Lutfulla To‘raev, Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov, Abdulla Abdullaev, Selim Nurmuradov (Suxrob Izzatov, 71), Shaxboz Erkinov (Humoyun Murtozaev, 78).
“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Shaxzod Shaymanov, Davronbek Umirov (Kamron Saydazimov, 66), Kaxi Maxaradze (Javohir Alijonov, 78), Vadim Afonin, Kirill Pogrebnyak (Ibrohim G‘anixonov, 66), Temurxo‘ja Abduxoliqov, Davronbek Hoshimov, Dilshodjon Komilov (Farruxjon Ibroximov, 71), Shuxrat Muhammadiev (Oybek Qilichev, 78), Sherzod Fayziev.
Ogohlantirishlar: Sanjar Qodirqulov, 39, Islomjon Qobilov, 45 – Davronbek Hoshimov, 45, Shahzod Shaymanov, 67.