«Al Vaxda» yoki «Cherchill Brazers»?

01.02.2010

«Al Vaxda» yoki «Cherchill Brazers»?
OFK chempionlar ligasi-2006 finalchisi Suriyaning “Al-Karama” klubi bu yilgi musobaqada “Bunyodkor” bilan bir guruhdan joy olmaydigan bo`ldi.

Suriya jamoasi guruhga tushish uchun saralash bosqichi doirasida ko`pchilikka kutilmaganda o`z maydonida BAAning “Al-Vahda” klubiga imkoniyatni boy berdi. Ma`lumki, “V” guruhida hozircha uchta ishtirokchining nomi aniq. Bular – “Bunyodkor” (O`zbekiston), “Zobaxon” (Eron) va “Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni). Guruhning so`nggi ishtirokchisi 6 fevral kuni aniqlanadi. Shuni kuni pley-off doirasida “Al-Vahda” Hindistonning “Cherchill Brazers” jamoasi bilan uchrashadi.

Ta`kidlash lozimki, Suriyadagi o`yinni Valentin Kovalenko, Andrey Mironov, Andrey Bukatin, Vladislav Tseytlindan (zahiradagi hakam) iborat o`zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqardi.
cola
apex
mib
mib
mib
mib