O`zbekiston Superkubogi-2019 o`yini oldidan kontsert tashkillashtiriladi, stadionga kirish bepul

18.02.2019

O`zbekiston Superkubogi-2019 o`yini oldidan kontsert tashkillashtiriladi, stadionga kirish bepul

Yurtimizda yangi futbol mavsumi start olishiga ham borgan sayin oz muddat qolmoqda.

Bilasiz, yangi mavsumni O`zbekiston Superkubogi uchun o`tkaziladigan o`yin ochib beradi. Superkubok uchrashuvida mamlakatimizning amaldagi chempioni – “Lokomotiv” hamda 2018 yilgi O`zbekiston kubogi sohibi – AGMK jamoalari sovrin uchun kurash olib borishadi.

O`zbekiston Superkubogi-2019 o`yini 23 fevral kuni bo`lib o`tadi. Bellashuv poytaxtdagi “Paxtakor” stadionida o`tadi. O`yin 16:00 da start oladi va “Sport” telekanali orqali to`g`ridan-to`g`ri efirda namoyish etiladi. 

Uchrashuvdan bir kun avval har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani ham tashkil etiladi. Shuningdek, o`yin boshlanishidan oldin va tanaffus vaqtida yurtimizning el suygan san`atkorlari ishtirokida kontsert dasturi va turli tadbirlar tashkil etilishi ko`zda tutilgan. Jumladan, estradamiz yorqin yulduzlari – Shahzoda, Lola va boshqa mashxur xonandalar ishtirokidagi o`yinoldi kontsert soat 14:30dan boshlab stadionga tashrif buyuruvchi muxlislar e`tiboriga havola etiladi. 

Yana bir quvonarli jihat shundaki, ishqibozlar shu kuni Superkubok o`yiniga bepul tarzda kirish imkoniyatiga ega bo`lishadi. O`yin uchun chiqariladigan chiptalar taklifnoma tarzida “Paxtakor” stadioni kassalarida muxlislarga bepul tarzda taqdim etiladi. 

Ta`kidlab o`tamiz, O`zbekiston Superkubogi-2019 uchrashuvi Turkiyaning KOC Elektrik AS kompaniyasi bosh homiyligi ostida kechadi. 

cola
apex
mib
mib
mib
mib